-
Марказий Осиё янги давр остонасида
2025-11-13 187Марказий Осиё ўз тараққиётининг янги, тарихий аҳамиятга молик босқичига қадам қўймоқда. Бугун биз чинакам бирдамлик босқичига ўтяпмиз. Бизнинг минтақамизда узоқ йиллар давомида илк бор биргаликда олдинга қараб боришимиз учун пойдевор бўлиб хизмат қилаётган ўзаро ишонч, яхши қўшничилик ва ҳурмат муҳити шаклланмоқда.
-
Марказий Осиё минтақавий транспорт имкониятларини кенгайтириш – мамлакатларнинг жаҳон иқтисодиётига интеграциялашувининг энг муҳим омили
2025-11-11 216Замонавий Ўзбекистон ташқи сиёсатида жаҳоннинг барча давлатлари билан ўзаро манфаатли ҳамкорлик алоқаларини, узоқ муддатли ва кўп қиррали шерикликни янада кучайтириш бўйича аниқ чора-тадбирлар кўрилмоқда.
-
O'zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan turizm sohasidagi hamkorligi
2025-11-11 213Turizm Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning asosiy yo'nalishi bo'lib, qo'shni davlatlar o'rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlaydi. O'zining boy tarixiy va madaniy merosi, qadimiy Ipak yo'li yodgorliklari va zamonaviy infratuzilmasi bilan O'zbekiston bu rivojlanishda markaziy rol o'ynaydi. So'nggi yillarda Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan turizm aloqalari faol ravishda kengayib bormoqda, bu mintaqada yagona turizm makonini shakllantirish uchun zamin yaratmoqda.
-
Ўзбекистон ва Қозоғистон: минтақанинг барқарор келажаги йўлида ҳамкорлик
2025-11-11 159Ўзбекистон ва Қозоғистон ўртасидаги экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш соҳасидаги ҳамкорлик ишонч, ўзаро тушуниш ҳамда Марказий Осиёнинг экологик хавфсизлигига бўлган умумий интилиш асосида шаклланган стратегик ҳамкорлик изчил ривожланаётганини кўрсатмоқда.
-
Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasidagi turizm hamkorligi
2025-11-11 160Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasidagi turizm hamkorligi ikki tomonlama munosabatlarning muhim sohasi boʻlib, ikki qoʻshni davlat oʻrtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarda alohida oʻrin tutadi. Geografik yaqinlik, umumiy tarixiy va madaniy poydevor va Buyuk Ipak yoʻlining boy merosi turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratadi.
-
O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi savdo hamkorligi: faol o‘sish tendensiyalari
2025-11-10 238So‘nggi o‘n yil davomida O‘zbekistonning AQSH bilan savdo aloqalari izchil rivojlanib bormoqda. 2024-yilda O‘zbekiston AQSHga 431 million AQSH dollari miqdorida tovarlar va xizmatlar eksport qilgan bo‘lib, bu 2014-yildagi ko‘rsatkichga
(42,4 million AQSH dollari) nisbatan qariyb 10 baravarga yuqori hisoblanadi. O‘zbekiston eksportida AQSHning ulushi 2014-yildagi 0,3 foizdan 2024-yilda 1,6 foizga yetdi. Bu jarayon mamlakat eksportinining yuqori qiymatli bozorlar tomon diversifikatsiyaning kuchayganidan dalolat beradi. -
O‘zbekiston – AQSh oliy ta’lim hamkorligida yangi bosqich: C5+1 formati imkoniyatlari va istiqbollari
2025-11-10 215Bugungi kunda O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri – strategik sheriklikni kengaytirish va zamonaviy bilim hamda ilmiy innovatsiyalar almashinuvini ta’minlashdir. Bu jarayonda AQSh bilan hamkorlik, ayniqsa oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalarida, yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Shavkat Mirziyoev rahbarligida amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari, inson kapitaliga yo‘naltirilgan davlat siyosati va “ilm–ta’lim–innovatsiya” uyg‘un tizimi mamlakatimizni xalqaro maydonda jozibali hamkor sifatida namoyon etdi. Shuningdek, Markaziy Osiyo va AQSh o‘rtasidagi C5+1 formati mintaqaviy hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda. Ushbu format doirasida O‘zbekistonning Amerika oliygohlari bilan o‘zaro hamkorligi nafaqat ta’lim sohasi, balki fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasida ham amaliy samara bera boshladi.
-
Бизнинг энг катта бойлигимиз – Ўзбекистонни ўзи учун ягона Ватан деб биладиган кўпмиллатли буюк халқимиздир
2025-11-10 168Инсонга берилган энг буюк неъмат ҳаёт бўлса, инсоният ҳамиша интилиб келган энг улуғ мақсад, бу, шубҳасиз, тинчлик ва тотувликдир. Бир-биримизга доим тинчлик-хотиржамлик, соғлик-омонлик тилашимизнинг боиси шу.
-
O'zbekiston va Qozog'iston: Strategik sheriklikning yangi bosqichi
2025-11-10 215O'zbekiston va Qozog'iston savdo, investitsiya, sanoat kooperatsiyasi, transport, energetika, gumanitar yordam va ta'lim sohalarini qamrab oluvchi keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirishda barqaror sur'atni namoyish etmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning yaqinda Qozog'istonga tashrifi davomida qabul qilingan 2024–2034 yillarga mo'ljallangan Strategik sheriklik va ittifoq dasturi ikki qardosh davlat o'rtasidagi ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash uchun mustahkam poydevor bo'ldi.
-
Марказий Осиё давлатлари барқарор ривожланиш йўлида кучларини бирлаштирмоқда
2025-11-10 164Сўнгги йилларда Ўзбекистон Марказий Осиё мамлакатлари билан экология, табиий ресурслардан оқилона фойдаланиш ва иқлим ўзгаришига қарши кураш соҳасидаги ҳамкорликни сезиларли даражада фаоллаштирди. Қўшма дастурлар, имзоланган битимлар ва кўп томонлама ташаббуслар минтақада барқарор ривожланиш ва табиат олдидаги ўзаро масъулият тамойилларига асосланган ягона экологик маконни яратиш учун пойдевор бўлмоқда.