O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar
O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 may kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Yetakchilar muqaddas Ramazon hayiti bilan bir-birini samimiy qutlab, mamlakatlarimizning birodar xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, baxt-saodat, farovonlik va ravnaq tiladilar.
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Oliy darajadagi muzokaralar yakunida qabul qilingan bitimlar va erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi batafsil muhokama qilindi.
Amaliy hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan o‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport sohalari va boshqa yo‘nalishlarda ustuvor kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Davlat rahbarlari hududlar o‘rtasidagi faol muloqotlarni va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish zarurligini ta’kidladilar.
O‘zaro loyihalar va ko‘p qirrali hamkorlik dasturlarini jadallashtirish uchun ikki mamlakat hukumatlari darajasida muntazam uchrashuvlar o‘tkazish va muvofiqlashuvni kuchaytirish muhim ekani qayd etildi.
Bundan tashqari, mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi, bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek ishonch va do‘stlik ruhida o‘tda.