Kuvaytdagi vatandosh: Yangi qabul qilinadigan Konstitutsiya muhokamasida barcha fuqarolarning ishtirok etishiga imkoniyat yaratilgani Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan xalqchil siyosatning yaqqol tasdig‘idir
Kuvaytdagi vatandosh: Yangi qabul qilinadigan Konstitutsiya muhokamasida barcha fuqarolarning ishtirok etishiga imkoniyat yaratilgani Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan xalqchil siyosatning yaqqol tasdig‘idir
AL-KUVAYT, Kuvaytda yashayotgan vatandoshimiz, «Muborak al-Kabir» shifoxonasi shifokori Abduhamid Boydedayev “Dunyo” AA uchun intervyusida O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan boshlangan jarayon haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
-Men xorijda yashayotgan bo‘lsamda, so‘nggi yillarda jonajon yurtimizda yuz berayotgan tub islohotlarga shohid bo‘layapman. Ayniqsa, barcha islohotlar xalqchil siyosatga qatʼiy rioya etilgan holda amalga oshirilayotgani bizni behad baxtiyor etmoqda.
Hozirgi kunda barchamizning eʼtiborimiz O‘zbekiston Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha boshlangan islohotlarga qaratilgan desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Yangidan qabul qilinadigan konstitutsiyamiz muhokamasida barcha fuqarolarning faol ishtirok etishiga imkoniyat yaratilgani Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan xalqchil siyosatning yaqqol tasdig‘idir.
Biz, Kuvaytda vaqtincha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan o‘zbekistonliklar «Bu mening konstitutsiyam» platformasiga o‘z takliflarimizni yo‘lladik. Shuningdek, kecha davlatimiz rahbarining Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvini ommaviy axborot vositalari orqali kuzatib bordik.
Prezidentimizning «Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi - xalqdir, shunda har bir vatandoshimiz Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi - mening Konstitutsiyam deb yuksak g‘urur bilan ayta oladi. Oradan yillar, asrlar o‘tadi, lekin g‘oyat murakkab sharoitda bunday ulkan islohotlarni amalga oshirishga munosib hissa qo‘shgan insonlarni kelgusi avlodlar hech qachon unutmaydi», – degan so‘zlari bizni ruhlantirdi.
Yurtboshimiz kuchli ijtimoiy davlatni barpo etish, xalqimiz manfaatlari himoyasini taʼminlash uchun, zarur bo‘lgan qator konstitutsiyaviy kafolatlarni kuchaytirish lozimligini taʼkidladi.
Biz, shuningdek, davlatimiz rahbarining Bosh qomusimiz – Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasini qabul qilish bo‘yicha referendum o‘tkazish bo‘yicha bildirgan takliflarini qo‘llab-quvatlaymiz.