O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonoti
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonoti
Afg‘onistonning Paktika va Xost provinsiyalarida ro‘y bergan zilzila oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohatlangani, shuningdek, jiddiy vayronagarchilik kelib chiqqani haqidagi xabar O‘zbekistonda chuqur qayg‘u bilan qabul qilindi.
Halok bo‘lganlarning oilalariga chin din dildan hamdardlik bildirib, jarohatlanganlar tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz.
O‘zbekiston hukumati tabiiy ofat oqibatini imkon qadar tez bartaraf etishda birodar Afg‘oniston xalqiga har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyor.