O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari avval erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini telefon orqali muloqot chog‘ida muhokama qildilar
O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari avval erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini telefon orqali muloqot chog‘ida muhokama qildilar
TOSHKENT. Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, yetakchilar shu yili mart oyida Toshkent shahrida o‘tgan Strategik sheriklik kengashining ikkinchi yig‘ilishida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini muhokama qildilar.
Turkiya Prezidenti davlatimiz rahbarining Qoraqalpog‘iston Respublikasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatladi.
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Savdo, transport, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalardagi ikki tomonlama loyihalarni ilgari surish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, 2022 yil noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti yuzasidan fikr almashildi.
Davlat rahbarlarini yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti bilan bir-birini qutlab, mamlakatlarimizning birodar xalqlariga farovonlik va ravnaq tiladilar.