O‘zbekiston Prezidenti nomiga Qurbon hayiti munosabati bilan xorijiy yetakchilar, taniqli davlat va jamoat arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda
O‘zbekiston Prezidenti nomiga Qurbon hayiti munosabati bilan xorijiy yetakchilar, taniqli davlat va jamoat arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda
Shu kunlarda jahondagi jami musulmon ummati tomonidan keng bayram qilinayotgan muqaddas Qurbon hayiti – Iyd al-Adho munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlarning davlat va hukumatlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy tuzilmalar rahbarlari, taniqli siyosat va jamoat arboblari, ulamolardan qutlovlar kelmoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, tabriknomalarda O‘zbekiston yetakchisi va ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan, mamlakatimizda barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan siyosat to‘liq qo‘llab-quvvatlangan, shuningdek, ikki tomonlama do‘stlik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga intilish qatʼiy ekani taʼkidlangan.
Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi,
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an,
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev,
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov,
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon,
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov,
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev,
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon,
O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Al Said,
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II,
Quvayt Davlati Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh,
Quvayt Davlati valiahd shahzodasi Mishaal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos,
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum,
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon,
Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bag‘dod Amreyev,
Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim,
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriy,
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.
Qutlovlar kelishda davom etmoqda.