O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar
O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar
24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Suhbat avvalida Tojikiston yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Ikki tomonlama kun tartibidagi hamda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Joriy yil 2-3 iyun kunlari Tojikiston Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlarni bajarish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni o‘z vaqtida amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi. Eng avvalo energetika sohasidagi kooperatsiya loyihalarini jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Joriy yil sentyabr oyida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.