Kuvayt OAV O‘zbekiston bokschilarining birinchi ֿKuvayt xalqaro boks turniridagi g‘alabasi haqida
Kuvayt OAV O‘zbekiston bokschilarining birinchi ֿKuvayt xalqaro boks turniridagi g‘alabasi haqida
AL-KUVAYT, Kuvaytning «Q-8 Press» onlayn-gazetasida O‘zbekiston bokschilarining birinchi ֿKuvayt xalqaro boks turniridagi g‘alabasiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda Afrika, Yevropa va Osiyodan jami 20 ta davlat vakillari ishtirok etgan xalqaro turnirda O‘zbekiston bokschilari 5 ta oltin va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagani maʼlum qilingan.
«G‘oliblarni taqdirlash marosimida ishtirok etgan Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti Pichai Chunhavajira va Kuvayt boks federatsiyasi direktorlar kengashi raisi Muhammad al-Enezi O‘zbekistonda yaratilgan ilg‘or boks maktabi va mamlakatda sportga davlat siyosati darajasida eʼtibor berilayotganini taʼkidladi, - deb yozadi Kuvayt nashri. - Jumladan, Muhammad al-Enezi O‘zbekiston terma jamoasining birinchi Kuvayt xalqaro boks turnirida ishtirok etgani tadbirning nufuzini oshirishga xizmat qilganini bildirdi».
Muhammad al-Enezi taʼkidlaganidek, o‘zbekistonlik bokschilar so‘nggi yillarda qitʼa va jahon chempionatlari, Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida faqat yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda. «Ular erishayotgan natijalar O‘zbekistonda sportning ushbu turida o‘ziga xos «o‘zbek maktabi» shakllanganidan dalolat beradi», deya Kuvayt boks federatsiyasi rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Q-8 Press».