Vladimir Norov: Biz bir maqsadda - Turkiy dunyoning barqaror va o‘suvchanlikda rivojlanishi fikrida yakdilmiz
Vladimir Norov: Biz bir maqsadda - Turkiy dunyoning barqaror va o‘suvchanlikda rivojlanishi fikrida yakdilmiz
Toshkentda uch mamlakatning tashqi siyosat, savdo, iqtisodiyot va transport masalalariga mas’ul bo‘lgan vazirliklari rahbarlari ishtirokidagi «O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya» uch tomonlama birinchi yig‘ilishida O‘zbekiston tashqi ishlar vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov turkiy dunyo rivojlanishi masalasiga ham to‘xtaldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
- Mamlakatlarimiz ko‘pgina xalqaro masalalar bo‘yicha mushtarak nuqtai nazarlarni namoyon etmoqda chunki bizlar bir maqsadda - turkiy dunyoning barqaror va o‘suvchanlikda rivojlanishi fikrida yakdilmiz, - dedi mamlakatimiz TIV rahbari. – Biz joriy yil noyabr oyida Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitini O‘zbekistonda muvaffaqiyatli o‘tkazishga tayyorgarlik borasida ham birgalikda yaqin hamkorlik qilishga chog‘langanmiz.
Biz savdo-iqtisodiy va transport hamkorligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratayotirmiz.