Tanzila Norboyeva: "SHHT Xotin-qizlar forumi – tinchlik va barqarorlikka xizmat qiladi"
Tanzila Norboyeva: "SHHT Xotin-qizlar forumi – tinchlik va barqarorlikka xizmat qiladi"
Shanxay hamkorlik tashkiloti Xotin-qizlar forumini Senat raisi Tanzila Norboyeva kirish so‘zi bilan ochdi. Senat raisi xalqaro forum ishtirokchilarini tinchlik, do‘stlik va hamkorlik shahri Toshkentda ko‘rib turganidan mamnun ekanini bildirdi.
Forumda Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston davlatlari parlamentlari, hukumatlari a’zolari, shuningdek, qator nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etayotgani qayd etildi.
– SHHT davlatlarining eng yuqori darajaga ega bo‘lgan ayol mutaxassislarining bir davraga to‘plangani ushbu Forum muvaffaqiyati garovidir, – dedi Tanzila Norboyeva. – O‘zbekistonning SHHTga raisligi doirasida tegishli hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha istiqboldagi rejalarni belgilashga bag‘ishlab 80 dan ortiq siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy tadbirlar o‘tkazildi.
Dunyo xalqlari o‘rtasida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, insonparvarlik g‘oyalarini mustahkamlashga xizmat qiladigan bugungi SHHT Xotin-qizlar forumi ham mana shunday muhim tadbirlardan biridir.