Oliy Majlis Senatida AQSH Kongressi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Oliy Majlis Senatida AQSH Kongressi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva mamlakatimizga tashrif buyurgan AQSH Kongressidagi "O‘zbekiston bo‘yicha kokus"ning hamraisi, kongressmen Trent Kelli boshchiligidagi AQSH Kongressi delegatsiyasi bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Parlament yuqori palatasi Axborot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, muloqotda O‘zbekiston - Amerika hamkorligining bugungi holati va istiqbollari, jumladan, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, oxirgi yillarda ikki tomonlama parlamentlararo aloqalar dinamikasida sezilarli faollik kuzatilmoqda.
Bunga albatta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ochiq, konstruktiv va pragmatik tashqi siyosati ko‘p jihatdan turtki bo‘lmoqda.
Ikki davlat parlamentlari o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishida “O‘zbekiston–AQSH” parlamentlararo guruhi hamda AQSH Kongressidagi “O‘zbekiston bo‘yicha kokus”ning saʼy-harakatlari eʼtirof etildi.
Uchrashuvda hamkorlikning parlamentlararo aloqalarini kengaytirish, shuningdek, demokratik islohotlarni amalga oshirish kabi sohalarda mustahkamlash masalasiga eʼtibor qaratildi.