O‘zbekiston TIV rahbari vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni mamlakatimiz davlat mustaqilligining 31 yilligi bilan tabrikladi
O‘zbekiston TIV rahbari vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni mamlakatimiz davlat mustaqilligining 31 yilligi bilan tabrikladi
TOSHKENT, 29-avgust. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov TIV tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni mamlakatimiz davlat mustaqilligining 31 yilligi bilan tabrikladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV rahbari mustaqillikning o‘tgan 31 yilida O‘zbekiston barcha sohalarda yuksak cho‘qqilarni zabt etganini, yuksak natijalarga erishganini taʼkidladi.
O‘zbekiston rahbari tomonidan dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan ilgari surilgan tashabbuslar jahon hamjamiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani alohida qayd etildi.
-So‘nggi yil davomida xorijiy mamlakatlarga 12 marotaba oliy darajadagi tashrif, 9 onlayn muzokara va 5 xorijiy davlat rahbarlarining O‘zbekistonga tashrifi yuqori saviyada tashkil etildi.
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotgani tufayli BMT va YEXHT doirasida mamlakatimizning 50 dan ortiq xalqaro tashabbuslari bo‘yicha qator maxsus rezolyutsiyalar qabul qilindi,- dedi Vladimir Norov.
O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalari tomonidan 406 ta investitsiya loyihasi bo‘yicha 14 milliard dollardan ortiq mablag‘ jalb etilgan.
Vladimir Norov Samarqandda bo‘lib o‘tadigan SHHT sammiti haqida gapirar ekan, bunday keng ko‘lamli tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish muhimligini taʼkidladi.
Tadbir doirasida TIV rahbari vazirlik xodimlarini doimiy lavozim va diplomatik unvonlar olgani bilan tabriklab, davlatimiz manfaati yo‘lidagi faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.
Uchrashuv so‘ngida TIV rahbari Amerika davlatlari bilan hamkorlik bo‘yicha departament boshlig‘i Muzaffar Madrahimovni 50 yoshga to‘lgani bilan tabriklab, unga mustahkam salomatlik va faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.