Agrar sohadagi islohotlar jadal amalga oshishi ushbu soha rahbarlarining fidoyiligiga bog‘liq
Agrar sohadagi islohotlar jadal amalga oshishi ushbu soha rahbarlarining fidoyiligiga bog‘liq
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
"Agrar sohada belgilab olgan katta islohotlarimizni jadal amalga oshirish birinchi navbatda ushbu soha rahbarlari G‘aniyev, Xaitov, yangi vazir Voitov va o‘rinbosarlari fidoyiligiga bog‘liq.
Bandlikni ko‘paytirish, kambag‘allikni qisqartirish ham birinchi galda qishloq xo‘jaligidagi o‘sishga bog‘liqligini ular tushunishi kerak", dedi Prezident.
Lekin, Bosh vazir o‘rinbosari Sh.G‘aniyev, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.Xaitov hali eskicha ishlayotgani, balandparvoz raqamlarga berilib ketgani tanqid qilindi.
Soha rahbarlarining vazifasi Prezidentga katta-katta raqamlar bilan hisobot berish emas, qishloqdagi dehqon, fermer masalasini hal qilish, og‘irini yengil qilish ekani ko‘rsatib o‘tildi.
Lekin, muhim ishlar chetda qolib, qo‘shib yozishlar, noma’qul ishlar ko‘payib borayotgani qat’iy tanqid ostiga olindi.
Yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.Teshayev lavozimidan ozod etilgani, vazir o‘rinbosari Sh.Mirzayevga hayfsan berilgani aytib o‘tildi.
"Bundan buyon G‘aniyevdan ham, Xaitovdan ham, yangi vazir Voitovdan ham juda qattiq so‘rov bo‘ladi", dedi Prezident so‘zining yakunida.
Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisoboti eshitildi.