O‘zbekiston TIV rahbari Adliya bo‘yicha yevrokomissar bilan muzokaralar o‘tkazdi
O‘zbekiston TIV rahbari Adliya bo‘yicha yevrokomissar bilan muzokaralar o‘tkazdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya bagan adliya masalalari bo‘yicha yevrokomissar Dide Reynders bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi hamkorligi, jumladan qonun ustuvorligi sohasidagi aloqalarni yana-da rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Yevropa tomoniga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanishlar haqida maʼlumot berildi.
Taʼkidlanganidek, so‘nggi yillarda O‘zbekistondagi demokratik o‘zgarishlar tufayli inson huquqlari va erkinliklari, qonun ustuvorligi, so‘z, din va vijdon erkinligi singari qadriyatlar jamiyat hayotida muhim o‘rin tutmoqda.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarga alohida eʼtibor qaratildi. Yangilangan Asosiy Qonun mamlakatni uzoq muddatli rivojlanish strategiyasining mustahkam huquqiy asosi va kafolatini yaratishga xizmat qilishi eʼtirof etildi.
Dide Reynders, o‘z navbatida, Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning jadal taraqqiyotini katta qiziqish bilan kuzatayotgani, shuningdek, mamlakatning demokratik institutlar faolaiyatini mustahkamlash, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, so‘z va din erkinligini taʼminlashga xayrixohligini qo‘llab-quvvatlayotganini qayd etdi.
Yevropa tomoni O‘zbekistondagi keng islohotlar dasturini amalga oshirishda ko‘mak ko‘rsatish, xususan, qonun ustuvorligi sohasida qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etishda hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasiga "Inson – jamiyat – davlat" tamoyili hamda "Inson shaʼni va qadr-qimmati uchun" g‘oyasini ilgari surishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasining mohiyati va ahamiyati haqida batafsil maʼlumot taqdim etildi. Eng muhim takliflar qatorida o‘lim jazosini taqiqlash, "Miranda qoidasi"ni qo‘llash, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining huquqlarini kafolatlash, “Habeas korpus”” institutini aks ettirish va boshqalarga eʼtibor qaratildi.
Barcha sohalarda muntazam aloqalarni davom ettirish yuzasidan kelishib olindi.