Qatar tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv haqida
Qatar tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv haqida
2022-yil 7-sentabr kuni O'zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Ar-Riyod shahrida "Ko'rfaz Arab davlatlari hamkorlik kengashi - Markaziy Osiyo" Strategik muloqotining birinchi yig'ilishi doirasida Qatar Davlati Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy bilan uchrashdi.
Ikki mamlakat o'rtasidagi siyosiy aloqalarning yuqori sur’atlar bilan rivojlanayotganini qayd etildi. Shu bilan birga tomonlarning savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada jadallashtirishga tayyorligi ma’lum qilindi.
Xalqaro va mintaqaviy masalalar, shu jumladan Afg'oniston masalalari bo'yicha muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.
Joriy yil 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo’lib o’tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotining Sammitini o'tkazish masalalari ko’rib chiqildi.
Oliy va yuqori darajadagi bo’lajak tadbirlar jadvali kelishildi.