Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi bilan uchrashuv to'g'risida
Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi bilan uchrashuv to'g'risida
2022-yil 7-sentabr kuni Ar-Riyod shahrida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Naif al-Hajraf bilan uchrashdi
Bosh kotib O'zbekiston tomoniga Ar – Riyodda o’tkazilgan "Ko'rfaz Arab davlatlari hamkorlik kengashi - Markaziy Osiyo" Strategik muloqotining birinchi vazirlar yig'ilishida qatnashgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Naif Al-Hajrafning ta'kidlashicha, Kengash O'zbekistonning mintaqadagi o’rnini yuqori baholaydi va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo'llab-quvvatlaydi.
Tomonlar O'zbekiston va Kengash o'rtasidagi siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ta'lim va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi "Yo'l xaritasi" ni ishlab chiqish masalasini o'rganishga kelishib oldilar.
Dolzarb xalqaro va mintaqaviy mavzular, jumladan, Afg'onistondagi vaziyat muhokama qilindi. Kengash bosh kotibi O'zbekistonning Afg'onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklashdagi o’rni va faol ishtirokini ijobiy baholadi.