O‘zbekiston Prezidentining SHHT Samarqand sammitiga bag‘ishlangan konseptual maqolasi Germaniyada nemis tilida chop etildi
O‘zbekiston Prezidentining SHHT Samarqand sammitiga bag‘ishlangan konseptual maqolasi Germaniyada nemis tilida chop etildi
FRANKFURT-MAYN, 26-sentabr. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: o‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik» konseptual maqolasi Germaniyaning «Afisha Augsburga» gazetasida chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari maqolasining xorijda chop etilishi davom etayotgani, shubhasiz, Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti yakunlari va O‘zbekistonning xalqaro hamkorlikka konseptual yondoshuvlari nisbatan katta qiziqish mavjudligidan dalolat beradi.
Mazkur maqola O‘zbekiston bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, Osiyo, Amerika, Afrika va Yevropa mamlakatlari OAVda o‘ndan ortiq tillarda eʼlon qilindi.
Maqolaning to‘liq matni bilan “Dunyo” AA veb-sayti va boshqa markaziy respublika ommaviy axborot vositalari orqali tanishish mumkin.