Budapeshtda rasmiy tashrif bilan Vengriyaga kelgan O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Budapeshtda rasmiy tashrif bilan Vengriyaga kelgan O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Bugun Budapesht shahrida Vengriya Parlamentining binosi ro‘parasidagi Layosh Koshut nomidagi maydonda rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, maydonda oliy martabali mehmon sharafiga piyoda va otliq askarlardan iborat faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Prezidenti Katalin Novak rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.
Marosim yakunida faxriy qorovul tantanali ravishda saf tortib o‘tdi.