Yosh atletlarimiz Osiyo chempionatida ishtirok etadi
Yosh atletlarimiz Osiyo chempionatida ishtirok etadi
Joriy yilning 13-16 oktyabr kunlari Quvaytda 18 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda qit’amizning 33 mamlakatidan jami 400 nafar atletlar g‘oliblik uchun shohsupaga ko‘tariladi. Mazkur chempionatda mamlakatimiz sharafini yetti nafar yengil atletikachimiz himoya qiladi.
Quyida qit’a birinchiligida ishtirok etadigan sportchilarimiz bilan tanishasiz:
Barnoxon Sayfullayeva – Balandlikka sakrash (14 oktyabr)
Sharifa Davronova – Uzunlikka va uch xatlab sakrash (13-15 oktyabr)
Xushnoza Shavkatova – Uzunlikka va uch xatlab sakrash (13-15 oktyabr)
Dilshoda Usmanova – 2000 metrga to‘siqlar osha yugurish (16 oktyabr)
Nodir Norboyev – O‘nkurash (13 oktyabr)
Jasmina Mansurova – Langar cho‘pda sakrash (16 oktyabr)
Anna Chikalova – Yettikurash (15 oktyabr)