Samarqandda Xalqaro gastronomiya festivali o‘tkaziladi
Samarqandda Xalqaro gastronomiya festivali o‘tkaziladi
Joriy yil 7-8 oktyabr kunlari Samarqand shahrida Xalqaro gastronomik festival bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Turizm va madaniy meros vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, festivalga kelganlar mazali taomlar va bayram tomoshalaridan bahramand bo‘lishadi.
Tadbir O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi, Oshpazlar uyushmasi va Samarqand viloyati hokimligi bilan o‘zaro hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Festivaldan ko‘zlangan maqsad mamlakatimizning gastronomik salohiyatini keng targ‘ib qilish, gastronomik turizm yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, milliy pazandachilik anʼanalarini ommalashtirish orqali sayyohlar oqimini ko‘paytirishdan iborat.
Musobaqada xorijiy davlatlar va O‘zbekistonning har bir viloyatidan kelgan oshpazlar jamoalari, xorijiy mamlakatlardan kelgan sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish korxonalari oshpazlari ishtirok etadi.
Nufuzli xalqaro hakamlar hayʼati tayyorlangan taomlarga baho beradi va g‘olib oshpazlarni aniqlaydi.