O‘zbekiston Prezidenti MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Prezidenti MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan bugun Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.
Sammitda davlat rahbarlari koʻp tomonlama hamkorlik va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini koʻrib chiqadilar.