O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari telefon orqali muloqotda ShHT sammiti yakunlarini muhokama qildi
O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari telefon orqali muloqotda ShHT sammiti yakunlarini muhokama qildi
Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
TIV xabariga koʻra, tashqi ishlar idoralari rahbarlari 15-16-sentabr kunlari Samarqandda boʻlib oʻtgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Davlat rahbarlari kengashi majlisi yakunlarini muhokama qildilar.
Davlatlararo hamkorlikning turli jihatlari, jumladan, Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida har tomonlama strategik sheriklik toʻgʻrisidagi deklaratsiya doirasidagi konstruktiv fikr almashildi.
O‘zbekiston va Rossiya ikki tomonlama va ko‘p tomonlama kun tartibining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha aloqalarni faollashtirishga o‘zaro tayyor ekani tasdiqlandi.