O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida xalqaro ekspert bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida xalqaro ekspert bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov bugun O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi Suma Chakrabarti Loyiha ofisi tarkibidagi aloqalar bo‘yicha ekspert Jonatan Charlzni qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, Jonatan Charlz Yangi O‘zbekistonda so‘z erkinligini taʼminlash va ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash, davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuksak baholadi.
Axborot-kommunikatsiya sohasidagi o‘zgarishlar jarayonida ilg‘or xorijiy tajriba, zamonaviy IT-texnologiyalar va tahliliy usullarni o‘rganish va joriy etish yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekistonda ichki kommunikatsiyalarni mustahkamlash, mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ko‘rib chiqildi.
Jonatan Charlz bundan buyon ham tegishli sohalarda O‘zbekiston hukumatiga faol yordam berishga tayyorligini bildirdi.