O‘zbekiston Prezidenti va Pokiston Bosh vaziri Transafg‘on temir yo‘li loyihasini ilgari surish masalasini ko‘rib chiqdilar
O‘zbekiston Prezidenti va Pokiston Bosh vaziri Transafg‘on temir yo‘li loyihasini ilgari surish masalasini ko‘rib chiqdilar
OHICHK sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokara o‘tkazdi.
Avval erishilgan kelishuvlarga muvofiq ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari savdo-iqtisodiyot, investitsiya, innovatsiya, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun mavjud salohiyat va keng imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligini qayd etdilar.
Afg‘onistonda tinchlik jarayoniga va ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishga ko‘maklashish maqsadida “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul - Peshovar” temir yo‘lini qurish bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirish istiqbollari batafsil muhokama qilindi.