O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining hayʼat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining hayʼat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov raisligida Vazirlik hayʼatining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, tadbirda vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, TIV bo‘linmalari va Vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Videokonferensaloqa orqali yig‘ilishda O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ham qatnashdi.
Hayʼat yig‘ilishi kun tartibiga muvofiq, TIV tizimining kadrlar salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan madaniyat, fan va taʼlim, sog‘liqni saqlash, sport va turizm, gumanitar aloqalar sohalaridagi hamkorligiga doir dolzarb vazifalar ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi qonuniy huquq va erkinliklarini himoya qilish, shuningdek, vatandoshlar bilan aloqalar yo‘nalishlarida Vazirlik va xorijiy muassasalar faoliyatini har tomonlama jadallashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.