O‘zbekistonlik yosh atletlar terma jamoasi Osiyo chempionatida 3-o‘rinni egalladi
O‘zbekistonlik yosh atletlar terma jamoasi Osiyo chempionatida 3-o‘rinni egalladi
Quvaytda yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Quvaytda o‘tgan yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 3-o‘rinni egalladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini jamg‘ardi.
Musobaqaning so‘nggi kunida 2000 metrga to‘siqlar osha yugurish bahsida eng yaxshi natija qayd etgan Dilshoda Usmonova (6:55,41) oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, langarcho‘pga tayanib sakrash dasturida Jasmina Mansurova 3,60 metr bilan kuchli uchlikdan joy oldi va jamoaga bronza medalini taqdim qildi.
Umumiy hisobda 7 ta medal o‘z egasini topdi.
Oltin medal:
Sharifa Davronova (uzunlikka sakrash va uch hatlab sakrash)
Barnoxon Sayfullayeva (balandlikka sakrash)
Nodir Norboyev (ko‘pkurash)
Dilshoda Usmonova (2000 m, to‘siqlar osha)
Kumush medal:
Xushnoza Shavkatova (uch hatlab sakrash)
Bronza medal:
Jasmina Mansurova (langarcho‘pga tayanib sakrash)