O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari Strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar
O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari Strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar
Bugun Ashxobod shahrida o‘tkazilgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida hujjatlarni imzolash va almashish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar.
Bundan tashqari, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida ko‘p qirrali O‘zbekiston - Turkmaniston hamkorligini kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar, shu jumladan:
- O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida siyosiy muloqot, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy hamkorlik, madaniy-gumanitar almashuvni faollashtirish bo‘yicha 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan Amaliy harakatlar rejasi;
- Ikki tomonlama tashqi iqtisodiy munosabatlarni yana-da rivojlantirish to‘g‘risida bitim;
- O‘zbekiston va Turkmaniston hududlarida savdo uylari faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida bitim;
- Ilmiy-texnik hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni yana-da kengaytirish bo‘yicha Amaliy chora-tadbirlar rejasi;
- Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida bitim imzolandi.
Shuningdek, elektr eneregetikasi, bojxona ishi, veterinariya va chorvachilik, kinematografiya va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.