O‘zbekiston Prezidenti Ashxoboddagi yodgorlik poyiga gul qo‘ydi va o‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi
O‘zbekiston Prezidenti Ashxoboddagi yodgorlik poyiga gul qo‘ydi va o‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi
Rasmiy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘lib turgan Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Ashxobod shahridagi «Halk hakydasy» (“Xalq xotirasi”) yodgorlik majmuasida bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, bu majmua 1880-1881 yillardagi Go‘ktepa jangi, Ikkinchi jahon urushi va 1948 yildagi Ashxobod zilzilasiga bag‘ishlangan uch qismdan iborat. Markaziy monument ortida shu mudhish voqealar haqida hikoya qiluvchi muzey ham bor.
Davlatimiz rahbari o‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirib, yodgorlik poyiga gul qo‘ydi. Muzey eksponatlari bilan tanishib, Faxriy mehmonlar kitobida dastxat yozib qoldirdi.