O‘zbekiston Prezidentining Turkmanistonga rasmiy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidentining Turkmanistonga rasmiy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga rasmiy tashrifi samarali bo‘ldi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.
O‘zbekiston Prezidentini Ashxobod aeroportida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov kuzatib qo‘ydi.
Ikki mamlakat o‘rtasida Strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risida deklaratsiya imzolandi. Shuningdek, hamkorlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘ndan ortiq hujjat qabul qilindi.
Prezidentimizga Turkmaniston davlat universitetining Faxriy professori unvoni berilgani, Ashxobod shahrida “Toshkent” bog‘i ochilgani, «Xorazm - Toshovuz» chegaraoldi savdo markazi qurilishi boshlangani tashrifning muhim voqealari bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari tashrifni yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.