Quvaytdan munosabat: So‘nggi oylarda ikki davlat rahbarlari oltinchi bor uchrashdi – bu O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi alohida munosabatlarning yorqin dalilidir.
Quvaytdan munosabat: So‘nggi oylarda ikki davlat rahbarlari oltinchi bor uchrashdi – bu O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi alohida munosabatlarning yorqin dalilidir.
EL-KUVAYT. Quvaytning “Al Hawazin Regional Co” kompaniyasi prezidenti, “Burgan ko” kompaniyasi bosh direktori Ahmad al-Otaibiy “Dunyo” axborot agentligiga O‘zbekiston Prezidentining Turkmanistonga rasmiy tashrifi yakunlarini quyidagicha izohladi:
– O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida tarixiy aloqalar mavjud. Mamlakatlar o‘rtasidagi samarali hamkorlik ikki qardosh davlat xalqlarining uzoq muddatli manfaatlariga javob beradi, shuningdek, Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik, xavfsizlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashning asosiy omili hisoblanadi.