O‘zbekistonda birinchi Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi o‘tkaziladi
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi o‘tkaziladi
Shu yil 1-3 noyabr kunlari Samarqand, Xiva, Buxoro i Toshkentda Xalqaro Ziyorat turizmi haftaligi o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Haftalikdan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda ziyorat turizmi salohiyatini yuzaga chiqarish, O‘zbekistonni jahon sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biri sifatida tanitish, jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuksak eʼtirofga sazovor bo‘lish, shuningdek, ziyorat turizmi xizmatlarini diversifikatsiya qilish va turizm eksportini oshirishdan iborat.
Turizm haftaligi Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusi bilan qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilmoqda.
Haftalik dasturidan ziyorat turizmini rivojlantirish, mavzuga oid suvenirlarni targ‘ib etishga qaratilgan ko‘rgazmalar, seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar va madaniy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkaziladi. Jumladan, haftalik dasturidan Samarqand shahridagi yangi «Ipak yo‘li» turistik markazining ochilishi, «Xiva – islom olami turizmi poytaxti» mavzusiga bag‘ishlangan Xalqaro hunarmandchilik ko‘rgazmasi, «Jahon ustalari» yarmarkasi va boshqa tadbirlar o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 20 mayda Vazirlar Mahkamasining «Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi»ni tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori eʼlon qilindi. Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonda har yili noyabr oyining birinchi haftasida Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi o‘tkaziladi.