O‘zbekiston Prezidenti 27 oktyabr kuni «Markaziy Osiyo – YEI» birinchi sammitida ishtirok etadi va shu kuni kechasi Yevropa kengashi Prezidenti Toshkentga tashrif buyuradi
O‘zbekiston Prezidenti 27 oktyabr kuni «Markaziy Osiyo – YEI» birinchi sammitida ishtirok etadi va shu kuni kechasi Yevropa kengashi Prezidenti Toshkentga tashrif buyuradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarlarining «Markaziy Osiyo – Yevropa ittifoqi» formatidagi birinchi majlisida ishtirok etish uchun 27 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, tadbirda Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel va mintaqamiz mamlakatlarining yetakchilari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Sammit kun tartibiga muvofiq, siyosiy muloqotni rivojlantirish, hududlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy sheriklik va madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Shu kun kechasi Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.
28 oktyabr kuni O‘zbekiston va YEI o‘rtasida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Mamlakatimizning Yevropa Ittifoqi bilan ikki va ko‘p tomonlama hamkorligiga oid masalalarning keng doirasi ko‘rib chiqiladi.
Oliy martabali mehmon yurtimizga tashrifi chog‘ida Samarqand shahriga tashrif buyuradi.