O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘istonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘istonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarlarining “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi birinchi majlisida ishtirok etish uchun 27 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi.
Tadbirda mintaqamiz mamlakatlarining yetakchilari va Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel ishtirok etadi.
Sammitda siyosiy muloqotni rivojlantirish, hududlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy sheriklik va madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish istiqbollari muhokama qilinadi.