O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Ostonaga keldi
O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Ostonaga keldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun amaliy tashrif bilan Qozog‘iston poytaxtiga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, aeroportda O‘zbekiston Prezidentini Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Bugun Ostonada birinchi «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» sammiti bo‘lib o‘tadi. Uning kun tartibidan mintaqamiz mamlakatlari va Yevroittifoq o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.