O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi
Davlatimiz rahbari Ostona shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi majlisda ishtirok etib, nutq so‘zladi. Mintaqamiz mamlakatlari va YEI o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da kengaytirish yuzasidan muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.
Sammit doirasida Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan uchrashuv ham o‘tkazildi.
Ostona xalqaro aeroportida Prezidentimizni Qozog‘iston Bosh vazirining o‘rinbosari - tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi kuzatib qo‘ydi.
Davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi.