O‘zbekiston SHHTga aʼzo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining onlayn majlisida ishtirok etadi
O‘zbekiston SHHTga aʼzo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining onlayn majlisida ishtirok etadi
Bugun Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar Hukumat rahbarlari (Bosh vazirlar) kengashining 21-majlisi videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilayapti “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirga Xitoy Bosh vaziri Li Kesyan raislik qiladi. Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston hukumat rahbarlari, Hindiston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari ishtirok etadi. Shuningdek, kuzatuvchi davlatlar Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston hamda Xitoy tomoni taklifiga binoan Turkmaniston ham onlayn uchrashuvda qatnashadi.
Bundan tashqari, yig‘ilishda SHHT Bosh kotibi Chjan Min, tashkilotning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev, SHHT Ishbilarmonlar kengashi va Banklararo assotsiatsiyasi rahbarlari, shuningdek, BMTning Osiyo va Tinch okeani bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi va boshqa xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar vakillari qatnashadilar.
Eslatib o‘tamiz, SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining yig‘ilishi 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi va unda tashkilot faoliyatini yana-da rivojlantirish bo‘yicha bir qator tarixiy qarorlar qabul qilindi.