O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va Qatar Tashqi ishlar vazirligi departament direktori inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlik istiqbollari va boshqa masalalarni ko‘rib chiqdi

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov Qatar Tashqi ishlar vazirligi Inson huquqlari departamenti direktori Turki bin Abdulla Al Mahmudni qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Qatar hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar doirasidagi konstruktiv siyosiy muloqotni faollashtirishga o‘zaro tayyor ekani taʼkidlandi.
Suhbat chog‘ida inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlik istiqbollari va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.