O‘zbekiston va Qozog‘iston TIV rahbarlari Samarqandda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar
O‘zbekiston va Qozog‘iston TIV rahbarlari Samarqandda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov 17 noyabr kuni Samarqand shahrida «Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘zaro bog‘liqligi: barqaror rivojlanish uchun Global darvoza» xalqaro konferensiyasi doirasida Qozog‘iston Bosh vazirining o‘rinbosari - tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Taʼkidlanganidek, ikki mamlakat rahbarlarining shaxsiy aloqalari, ishonchli muloqoti va qatʼiy siyosiy irodasi tufayli O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.
O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Turli darajadagi bo‘lajak tadbirlarning tashkiliy va mazmunli jihatlari ko‘rib chiqiladi.
Savdo, avtomobilsozlik, energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish muhimligi taʼkidlandi.
Madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish, shu jumladan Qozog‘istonda O‘zbekiston madaniyati kunlari va faylasuf Abay (Kunanbayev) merosiga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.