O‘zbekiston va Tojikiston TIV rahbarlari suv-energetika resurslaridan oqilona foydalanish va barqaror transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar
O‘zbekiston va Tojikiston TIV rahbarlari suv-energetika resurslaridan oqilona foydalanish va barqaror transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov 17 noyabr kuni Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin bilan Samarqandda uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston-Tojikiston do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, turli sohalardagi strategik sheriklik va ittifoqchilikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Ikki mamlakat rahbarlarining birgalikdagi saʼy-harakatlari tufayli so‘nggi yillarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishilgani taʼkidlandi.
Tomonlarning oliy darajadagi kelishuvlarni har tomonlama amalga oshirish bo‘yicha saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirishga tayyorligi maʼlum qilindi.
Parlamentlar, hukumatlar va tarmoq vazirliklari orqali faol muloqot o‘tkazish muhimligi taʼkidlandi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlarini yana-da oshirish, ikki mamlakat mintaqalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarini qo‘llab-quvvatlash, energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar, shu jumladan O‘zbekiston-Tojikiston investitsiya kompaniyasi mablag‘lari hisobidan ko‘rib chiqildi.
Suv-energetika resurslaridan oqilona foydalanish va barqaror transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Xalqaro institutlar doirasidagi tomonlarning o‘zaro hamkorligi, shuningdek, mintaqaviy siyosatning ayrim masalalari yuzasidan fikr almashildi.