O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Fransiyaga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Fransiyaga jo‘nab ketdi
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, tashrif dasturiga muvofiq, Parij shahridagi Yelisey saroyida oliy darajadagi muzokaralar va Fransiya Milliy yig‘inida uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ustuvor sohalarda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Davlatimiz rahbari Fransiyaning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan ham uchrashuv o‘tkazadi.
Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutiga tashrif buyurib, xalqimizning boy madaniy merosiga bag‘ishlangan «O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida» va «Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin moʻjizalari» ko‘rgazmalari bilan tanishish mo‘ljallangan.