O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri YEXHT TIV kengashining bo‘lajak yig‘ilishida ishtirok etadi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri YEXHT TIV kengashining bo‘lajak yig‘ilishida ishtirok etadi
30 noyabr – 3 dekabr kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining 29-yig‘ilishida ishtirok etish uchun Lodz (Polsha) shahriga tashrif buyuradi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotga ko‘ra tadbirda YEXHT doirasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari va Tashkilot faoliyatining ayrim jihatlari yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan.
Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi qator ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.