Kuvaytda o‘tkazilgan xalqaro tadbir doirasida O‘zbekiston tarixi va zamonaviy rivojlanishiga bag‘ishlangan fotosuratlar hamda amaliy sanʼat asarlari namoyish etildi
Kuvaytda o‘tkazilgan xalqaro tadbir doirasida O‘zbekiston tarixi va zamonaviy rivojlanishiga bag‘ishlangan fotosuratlar hamda amaliy sanʼat asarlari namoyish etildi
AL-KUVAYT. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan Kuvaytdagi “Harvard American Bilingual School” maktabida o‘tkazilgan xalqaro festival doirasida vatandoshlarimiz ishtirokida tashkil etilgan O‘zbekiston bo‘lmasida respublikamizning tarixi va zamonaviy rivojlanishiga bag‘ishlangan fotosuratlar hamda amaliy sanʼat asarlari namoyish etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston bo‘lmasidan joy olgan axborot materiallari festival ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbirda mazkur maktabning o‘qituvchisi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Olimxon Shukurov rahbarlik qilayotgan 5-sinfning kuvaytlik, misrlik, pokistonlik va boshqa mamlakatlariga mansub o‘quvchilari mamlakatimiz Davlat madhiyasini o‘zbek tilida kuylab berishdi.