O‘zbekiston TIV rahbari Qozog‘iston elchisini qabul qildi
O‘zbekiston TIV rahbari Qozog‘iston elchisini qabul qildi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov bugun Qozog‘iston elchisi Beybut Atamqulovni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida zamonaviy bosqichda O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlananib borayotgani taʼkidlandi. O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan ishonchli va iliq muloqot asnosida hamkorlik jadal surʼatlarda o‘sib borayotir.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi jarayoni oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Parlamentlar, vazirlik va idoralar, shuningdek, ikki mamlakat hududlari yo‘nalishida bo‘lib o‘tadigan tadbirlarning turli jihatlari ko‘rib chiqildi.
Savdo, energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalardagi aloqalarni jadallashtirishning muhimligi eʼtirof etildi.
Tomonlarning xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi muloqotni davom ettirishga tayyorligi maʼlum qilindi.
Qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashning muhim omili bo‘lgan madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni kengaytirish uchun imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.