O‘zbekiston TIV rahbari va Misr elchisi tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm, taʼlim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish tarafdori ekanini taʼkidladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov bugun Misr elchisi Amira Fahmiyni qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida barcha sohadagi ko‘p qirrali O‘zbekiston-Misr hamkorligining o‘zaro manfaatli dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Ikki mamlakatning BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi munosabatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm, taʼlim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish tarafdori ekani taʼkidlandi.
Muzokaralar chog‘ida oliy va yuqori darajadagi qo‘shma tadbirlar jadvali ham muhokama qilindi.