O‘zbekiston TIV rahbari Qirg‘iziston elchisini qabul qildi
O‘zbekiston TIV rahbari Qirg‘iziston elchisini qabul qildi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov bugun Qirg‘iziston elchisi Musa Jamanbayevni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston - Qirg‘iziston munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Ikki mamlakat rahbarlarining uchrashuv va muzokaralari yakunida qabul qilingan qarorlarning ijrosi ko‘rib chiqildi.
Tomonlar oliy va yuqori darajadagi rejalashtirilgan tadbirlarning tashkiliy va mazmuniy jihatlari yuzasidan fikr almashdilar.
Qo‘shma sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.