O‘zbekiston TIV rahbari va Tojikiston elchisi ikki tomonlama siyosiy muloqotni davom ettirishga hamda xalqaro institutlar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar
O‘zbekiston TIV rahbari va Tojikiston elchisi ikki tomonlama siyosiy muloqotni davom ettirishga hamda xalqaro institutlar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov bugun Tojikiston elchisi Abdujabbor Rahmonzodani qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, tomonlar qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, strategik sheriklik va ittifoqchilik tobora kengayib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi. O‘zbekiston va Tojikiston ikki tomonlama siyosiy muloqotni davom ettirishga va xalqaro institutlar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi taʼkidlandi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, savdo hajmini oshirish va turli sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Tomonlarning hududlararo aloqalarni, shuningdek, madaniyat, ilm-fan, sog‘liqni saqlash va taʼlim sohalaridagi muloqotni kengaytirishga intilishi maʼlum qilindi.