O‘zbekiston TIV rahbari Qatar elchisini qabul qildi
O‘zbekiston TIV rahbari Qatar elchisini qabul qildi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov bugun Qatar elchisi Hasan Hamza Hoshimni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Qatar munosabatlarining holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlarning BMT, IHT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorligiga alohida eʼtibor qaratildi.
O‘zbekiston va Qatarning Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayoniga ko‘maklashish va uning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklash bo‘yicha birgalikdagi saʼy-harakatlarni davom ettirishga tayyorligi tasdiqlandi.
Oliy va yuqori darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va kun tartibi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.