Nurota tog‘lari bag‘rida joylashgan “Dara” qishlog‘i sayyohlarning sevimli maskaniga aylanmoqda
Nurota tog‘lari bag‘rida joylashgan “Dara” qishlog‘i sayyohlarning sevimli maskaniga aylanmoqda
Navoiy viloyati Nurota tumanida joylashgan “Dara” qishlog‘i turizm qishlog‘iga aylantirilayotir, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ayni paytda “Dara” qishlog‘ida 3 ta oilaviy mehmon uyi, 5 ta gastronomik xonadon, 2 ta qadimiy uy va qadimiy buyumlar saqlanadigan uy muzeylari, shuningdek, 2 ta hunarmandchilik ustaxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Shu bilan birga, mazkur mahallada qo‘shimcha sayyohlik turlari va xizmatlarini rivojlantirish maqsadida 2 ta sport va sayr xizmati, 3 ta ovqatlanish shoxobchasi, 8 ta savdo nuqtasi ham tashkil etildi.
Bundan tashqari, 2023–2024 yillarda “Dara” qishlog‘ida 3 ta selfi hududi, 1 ta osma ko‘prik, 2 ta avtoturargoh, 30 ta dam olish hududi va 2 ta hojatxona qurilishi rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun: sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida Navoiydagi boshqa bir turizm qishlog‘i — Sentobga olib boradigan yo‘llar ham taʼmirlangan.