Sayyohlar uchun so‘rovnoma joriy etildi
Sayyohlar uchun so‘rovnoma joriy etildi
«Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish markazi» davlat unitar korxonasi o‘zining veb-sahifasida sayyohlarning joylashtirilishi imkoniyatlaridan qoniqishlari darajasini aniqlash so‘rovnomasini joriy qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
So‘rovnoma vositasida sayyohlar «Umumiy ovqatlanish majmualari», «Ziyorat obyektlari», «Maʼlumot beruvchi obyektlar», «Ko‘ngilochar obyektlar», «Yashash joyidagi xizmat sifatini baholash so‘rovnomasi», “Transport”, «Davolash-sog‘lomlashtirish obyektlari» bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirish imkoniga ega bo‘lishdi.
Endi mehmonxona va boshqa xizmatlar ko‘rsatilishi sifatidan norozi bo‘lgan mehmonlar https://tourquality.uz/poll/ havolasi orqali o‘z taklif va eʼtirozlarini bildirishlari mumkin.
Shuningdek, sayyohlar o‘z taklif va eʼtirozlarini tizimga yuklangan foto yoki videofayllar ko‘rinishida ham ifoda etishlari mumkin.