MDH PA Kotibiyati: “Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi rezolyutsiyaning maʼqullanishi muhim xalqaro voqeadir
MDH PA Kotibiyati: “Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi rezolyutsiyaning maʼqullanishi muhim xalqaro voqeadir
MDH Parlamentlararo Assambleyasi (MDH PA) Kengashi kotibiyati 14 dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasi tomonidan bir ovozdan maʼqullangan “Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi rezolyutsiyaning ahamiyati yuzasidan munosabat bildirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
MDH PA sharhida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan tashabbus asosida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi rezolyutsiyaning maʼqullangani muhim xalqaro voqea bo‘lgani taʼkidlangan. «Rezolyutsiya nafaqat qonun chiqaruvchi organlarning global miqyosdagi dolzarb muammolarni hal etish borasidagi faoliyati muhimligini taʼkidladi, balki O‘zbekiston va mamlakat rahbariyatining yetakchi xalqaro maydonchalarda jiddiy masalalarni muhokama qilish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish borasidagi nufuzi oshib borayotganining yana bir dalili bo‘ldi», deyiladi sharhda.
O‘zbekiston 2018 yilda MDHga aʼzo davlatlarning Parlamentlararo Assambleyasiga (MDH PA) aʼzo bo‘lgan. Mamlakatimiz tomonidan tegishli konvensiyaga qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjat MDH PA Kengashining Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida imzolangan.